TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2024

“Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan qutlaymiz!

Mehridaryo, mehnatkash ustoz

Dunyoda yaratilgan kashfiyotlarning aksariyati ona bergan motivarsiya bilan bog‘liq. Dunyo "chirog‘i"ni kashf etgan  Tomas Edisonga onasi turtki berib ta'sirchanlik baxsh etmaganida edi u olamshumul ixtironi amalga oshirmagan bo‘lardi. Shunday ekan,  oilada ham, ijtimoiy hayotda ham xotin-qizlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etayotgani e'tiborga molik.

Mamlakatimizda ayollar o‘z iqtidorlarini namoyon qilish qobiliyatiga yarasha ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ana shu imkoniyatlardan foydalanish darajasi esa ayollarga bog‘liq. Agar ayol o‘zini nafaqat ayol sifatida, jamiyatdagi o‘z o‘rni va mavqeyini anglasa, unga tabiat ato etgan qobiliyatni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, faqat oila qurishni emas, balki halol mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozimligini hayotining maqsadi deb bilsa, bu ayol, albatta, o‘z hayotidan qanoatlana oladi.

Shu haqda so‘z ketganda, pedagogika fanlari doktori, professor Ismoilova Zuhra Karabayevna eng avval tilga olinadi.

Motabar ayol kokrak nishoni mukofoti sovrindori, Universitet xotin-qizlar masalalari boyicha maslahat Kengashi raisi, Marifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Respublika “Oqila ayollar” harakati va bir qancha OAK tassarufidagi ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashlarning a’zosi sifatida mamlakatimiz miqyosida hurmat-ehtiromga ega inson.

Zuxra Karabayevna 1979 - yil Sirdaryodagi 18-o‘rta maktabni  tamomlab, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xo’jaligi” yo’nalishini imtiyozli diplom  bilan tugatib,  Injener-pedagog mutaxassisligiga ega bo’ldi.

Mehnat faoliyatini 1985 - yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  institutida boshlab, ”Pedagogika va o’qitish metodikasi” kafedrasida laborant, assistent, katta o’qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boyicha prorektor lavozimlarida ishladi.

Zuxra Karabayevna Ismailovaning pedagogik va rahbarlik faoliyati davrlarida kafedra va oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, dars sifati samaradorligini oshirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, o’quv-uslubiy va moddiy-texnik ta’minotilarini boyitishda  o’z maslahatlari bilan katta hissa qo’shib kelgan va alohida soha yo’nalishi bo’yicha o’z ilmiy maktabini yaratgan.

Kafedrada 2001 yildan buyon institut rahbariyati va Z.Ismailova tashabbusi bilan 13.00.05 -Kasb-hunar talimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Uning  rahbarligida 30 ga yaqin ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va natijada shu kunga qadar kafedra tomonidan bir qancha shogirdlar himoya qildilar va o’z ishlarini tasdiqlarini olganlar. Ular hozirda respublikamizning turli sohalarida rahbar va injener-pedagog sifatida faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Zuxra Karabayevna Ismailova o’ndan ziyod o’quv qo’llanmalri va darsliklar muallifidir. Ulahning rahbarligida kafedra qoshida yosh oqituvchilar va kasb-hunar kollejlari muhandis pedagoglar uchun Pedagogik mahorat maktabi kursi , Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va malakali kadrlar tayyorlash, kafedra salohiyatini oshirib borish maqsadida 13.00.05 - Kasb-hunar talimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boyicha seminar tashkil etilgan bolib, unda kafedrada va institutda ilmiy ish olib borayotgan doktorantlar, ilmiy izlanuvchilaning ishlari muhokamadan o’tkazilib xulosalar  beriladi.

Kafedrada hozirgi kunda respublikamizdagi faoliyat ko’rsatayotgan turdosh oliy o’quv yurtlari shuningdek, qishloq va suv xo’jaligi soha yo’nalishlaridagi professional talim muassasalari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari yo’lgan qo’yilgan bo’lib, Ustoz - shogird tizimi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5+1 (oquv+ishlab chiqarish integratsiyasi), 5 tashabbus (adabiyot va sanat, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter savodxonligi, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash) loyihalari asosida talabalar  bilan ilmiy, amaliy, ishlab chiqarish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bormoqda.

Zuxra Ismailova yuqoridagi ishlarni olib borish bilan birga Mirzo Ulug’bek hokimiyati tomonidan institutga biriktirilgan mahallalarda, shu bilan birga Respublika miqyosida ham ma’rifat targ’ibotchilari tomonidan mahallalarda hamkorlik ishlarini tashkil qilishda, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini institutda tashkil etilgan sport, xorijiy tillarni o’rganish to’garaklariga bepul o’qishga taklif etish, kinoteatr va konsertlarga tashrif buyurish, sharoiti qiyin ko’p bolalik oilalarga moddiy yordam ko’rsatish, institut tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, bayram tadbirlarini nishonlashga o’z hissasini qo’shishda faollik ko’rsata olgan.

Biz ustozni XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI bilan samimiy  muborakbod etamiz. Oila a’zolari, shogirdlari va jamoamiz baxtiga doimo sog’u omon bo’lsinlar.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI