TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2024

Zulfiyaxonimni xotirlab

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D.Axrarova  joriy yilning 1-mart sanasida  talabalar bilan birgalikda “Adiblar xiyoboni”ga ya’ni Zulfiyaxonim haykali poyiga tashrif buyurishdi. O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 - yil 1 - mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil 1 avgustda vafot etgan. Talabalar uning ijodidan namunalar aytib berishdi. Bu tashrif talabalarda juda katta taassurot qoldirdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Zulfiyaxonimni xotirlash va ular qoldirgan she’rlar, pyesa va dostonlaridan namunalarni eslashdan iboratdir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori D. Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati