TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Ustoz - shogird uchrashuvi!

2024-yil 29-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti Denmuhammadiyev A.M. TTTEM mutaxassisligi 310 - guruhi talabalari bilan “Mutaxassislik fanlaridan yangi chop etilgan kitoblar to‘g‘risida” davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbatida talabalarga universitetimizda bilim olish uchun faoliyat yuritayotgan zamonaviy ARMda yaratilgan imkoniyatlar hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ularni yaratishdagi mehnat jarayonlari haqida so‘zlandi. Ustoz o‘quv adabiyotlaridan samarali va madaniyatli foydalanishni ta’kidladi.

Universitet matbuot xizmati