TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Bitiruv oldi amaliyot uchun xavfsizlik qoidalari

Iqtisodiyot kafedrasi assistenti Q. Nosurullayev tashabbusi bilan “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi bilan hamkorlikda Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilarini bitiruv oldi amaliyotga kuzatish oldidan texnika xavfsizligi hamda boshqa xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, ma'lumot berish maqsadida o'quv-dars tashkil etildi. Bitiruvchilarga fakultet dekanati tomonidan kundalik va yo'llanmalar rasmiylashtirilib tarqatildi. Amaliyot o'tash bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti joriy yilning 4-martidan 11-may sanasiga qadar davom etishi belgilangan.

Universitet matbuoat xizmati