TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Fan, ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyasi

Xabaringiz bor, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash, talabalarning amaliyot jarayonlarini sifatli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar universitet rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Iqtisodiyot fakultetining bitiruv oldi amaliyotini sifatli tashkil etish hamda ishlab chiqarish soha vakllari bilan hamkorlik o'rnatish maqsadida fakultet dekan o'rinbosari tashabbusi bilan  2024-yil 29-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti vakllari hamda Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Moskva oliy iqtisodiyot maktabi bitiruvchisi Odiljon Nazarov, Inson resurslarini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi Ikrom Rahimov ishtirok etib, bitiruvchilarga o'zlarining taqdimotlarini namoyish etishdi. Bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Ma'lumot uchun Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda universitetimiz o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Bitiruvchilar ishga joylashishi hamda amaliyot o'tashi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Fakultetda bitiruvchilar bilan ishlash bo'yicha tizimli chora-tadbirlar davom ettiriladi. Institut haqida batafsil ma'lumot: https://t.me/ifmr_public

Universitet matbuot xizmati