TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

“Quyosh energetikasi” bo’yicha kadr tayyorlash

Bugun yangi O‘zbekiston energetika tizimida ham mamlakat energiya xavfsizligini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya bilan ta’minlash borasida ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va “yashil energetika” siyosatini amalga oshirish, ya’ni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, jumladan, quyosh, shamol va suv energiyasidan foydalanishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda jahonda, shuningdek, mamlakatimizda yashil energiyaga bo‘lgan talab va e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, respublikamizning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda quyosh energiyasidan foydalanishni energetikaning eng muhim tarmoqlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Yashil energetika” yangi ko‘plab malakali xodimlarni tayyorlashni talab qiladi. Afsuski, mutaxassislarni, jumladan o‘rnatilayotgan quyosh panellarini qabul qilish uchun mutaxassislarni tayyorlamasdan, tegishli jihoz uzoq ishlashi va o‘zini oqlashiga jiddiy va yetarli darajada asoslangan shubhalar bor. Eklareon mutaxassislari yashil energetika uchun 100 mingta kadrlarga ehtiyoj borligini baholashmoqda, holbuki hozirgi kunda O‘zbekiston energetika tizimida  qariyb 120 ming kishi ishlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, joriy yilning  21 fevral kuni “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Evora Universiteti (Portugaliya) lari hamkorligida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan” mavzusidagi ERASMUS+ loyihasi doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Universitetdan kafedra mudiri D.Qodirov, dotsent J.Izzatillayev va tayanch doktorantlar ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuv o‘tkazilib,  loyiha ishtirokchilari “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘quv dasturi bilan   o‘zaro yaqindan tanishdilar. “Quyosh energetikasi” bo’yicha yangi bakalavriat dasturlarida qanday fanlar o‘tilishi va necha kredit bo‘lishligi shuningdek, yangi bakalavriat yo‘nalishini xalqaro akreditatsiyadan o‘tkazish tartibi va shu yo‘nalish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Axborot beruvchi “ET va QTEM” kafedrasi assistenti N.Abdug‘aniyev

Universitet matbuot xizmati