TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

“Qishloq xo‘jaliginii barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xamkorlik

Joriy yilning 29-fevral kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani dotsent Q.Shavazov, “QXTvaT” kafedrasi mudiri professor K.Astanaqulov, “Traktorlar va avtomobillar” kafedarsi dotsenti K.Usmonovlar loyiha qiymati 140 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan “Qishloq xo‘jaliginii barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” loyixasi doirasida tashkillashtirilgan seminarda ishtirok etishdi.

Bu loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori oldida turgan muammolarni hal qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, hozirgi kunda ustuvor masalalardan biri, milliy barqaror mexanizatsiyalash strategisini shakllantirishga qaratilgan. Milliy barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini shakllantirishga oid dasturida fakultet professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining takliflarini ham berdilar.

Seminarni olib borgan BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi (FAO) tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi raxbari Sherzod Umarov professor-o‘qituvchilarimizni loyiha doirasida ekspert sifatida ishtirok etishga taklif qildi. Shuningdek, mazkur loyixa dorasida kelgusida o‘tkaziladigan seminarlarni universitetimizda tashkil etishga kelishib olindi.