TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Zulfiyaxonim - tong kuychisi

Azal-azaldan ayolini ardoqlagan xalq buyuk xalq bo‘lgan. Ayolini e'zozlagan yurtning bolalari sog‘lom,kelajagi porloq bo‘lgan. Buyuk hind yozuvchisi R.Tagor: “Quyoshning Sharqdan chiqishi bejizga emas, chunki ilm-fan va madaniyatga oid ixtirolarning deyarli barchasi ilk bor Sharqda vujudga kelgan”, -deb aytgan edi. Biz mana shunday buyuk xalqning vorislarimiz. Yurti uchun jonini ayamagan To‘marislar,or-nomus yo‘lida hech bir erkakdan qolishmagan Barchinoylar, qalami o‘tkir Nodira-yu, Uvaysiylar avlodimiz.Bugun bu muazzam go‘shaga yig`ilishimizga sabab yana bir buyuk ayol, hassos shoira, misralari jahon mihbarlarida yangragan, ”Tong kuychisi” Zulfiyaxonimdir.  Joriy yilning 28 fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, dekan o’rinbosari A.Azimov va fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan Zulfiyaxonim tavalludi ayyomining 109 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, yosh avlodni o'z ajdodlaridan faxrlanish va ularga munosib voris bo'lishga intiltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda Ona Vatanga muhabbat kabi tuyg'ularni shakllantirishdan iboratdir. Yig‘ilishni fakultet dekan maslahatchisi o'z kirish so'zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda so'z olgan yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari A.Azimov shoiraning benazir she'riyati haqida to'xtalib o'tdi. Fakultet tyutori D.Xursandova bellashuv ishtirokchilariga shartlar haqida tushuncha berib, barcha ishtiroklarga muvaffaqiyat tiladi.

4-bosqich talabasi Anvarova Shahzoda, 2-bosqich talabasi Karimova Dilorom,  1-bosqich talabasi Musoqulova Sevinchlar o'rtasida “She'riyat malikasi” deb  nomlangan bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuv “Zulfiyaxonimni bilasizmi?”, "Mushoira”, "Badiiy mahorat” shartlari asosida o'tkazildi. Bellashuvda qizlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqidagi o'z bilimlarini, ifodali o'qish mahoratlarini namoyish qildilar. Mahorat shartida Zulfiyaxonim izdoshlari har sohada ilg'or ekanligi yana bir bor o'z ifodasini topdi.

Bellashuvda do'stlik g'alaba qozondi. Ishtirokchilar rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tadbir yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti 

Universitet matbuot xizmati