TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2024

Xorijiy safardagi ma’ruza

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlar doktori Berdishev Abduraxim Sulaymanovich, S.Seyfullin nomidagi “Qozog‘iston agrotexnika tadqiqot universiteti”ning “Elektr jihozlarini ekspluatatsiyasi” kafedrasida “Elektr yoritish va nurlatish” fanidan  o‘quv dasturi bo‘yicha 3-kurs talabalari muammoli ma’ruza o‘qib berdi. Kafedra o‘qituvchisi Ibraev Kudaibergen Aitjanovich hamda kafedra mudiri Sarsikeev Ermek Jaslanovich ushbu ochiq darsda ishtirok etib, talabalar bilan muammoli savollar yuzasidan fikr almashdilar. Ma’ruza muhokamalarga boy va juda qiziqarli bo‘ldi. Ma’ruza so‘nggida professor A.Berdishev tinglovchilarga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.