TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2024

"Yoshlar Ittifoqi kubogi"

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi M. Yo‘ldoshev va ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimovlar birgalikda sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazishdi.  Musobaqada fakultetning 10 dan ortiq guruhlari o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi.  Murosasiz o‘tgan bahslardan so‘ng fakultetning 201-guruh talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi Qiziqarlisi barcha o‘rinlar GTI va NSF yo‘nalish talabalariga nasib qildi.

1. o‘rin GTI va NSF yo‘nalish 201-guruh

2. o‘rin GTI va NSF yo‘nalish 101-guruh

3. o‘rin GTI va NSF yo‘nalish 402-guruh

G‘oliblar diplom, medal, kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi. Bu musobaqaga "Yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar" bo‘yicha prorektor Ro‘zimurat  Choriyev hamda fakultet dekani Bahriddin Baratovich va Universitet "Yoshlar Ittifoqi" jamoasi o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishdi.

Universitet matbuot xizmati