TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2024

“Mahalla bilan hamkorlik”

2024 yil 27 fevral kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” M.F.Y. bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi R.Qodirova, fakultet tarbiyachi pedagoglari G.Shodiyeva va D.Egamovalar birgalikda mahallada bo‘lishdi.

“Shahrisabz” M.F.Y. raisi J.Koshetova rahbarligida mahalla “Oqila ayol” harakati etakchisi S.Adilova, mahalla “Xotin-qizlar faoli” G.Rasuleva va “Yoshlar etakchisi” X.Beknazarovlar faoliyatilari bilan tanishildi. Oliy ta’lim muassasi va mahalla o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamjihatlikda amalga oshirish yuzasidan atroflicha rejalar tuzib olindi. Mahallada istiqomat qiladigan yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar bilan amalga oshiriladigan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport va ko‘ngil ochar tadbirlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan suhbatlashildi. Mahalla faollarini 4 mart kuni madaniy hordiq chiqarish uchun Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga taklif etildi. Shuningdek, mahalla faollarining bir qator takliflari belgilab olindi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati