TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2024

TTJdagi talabalarga e’tibor

2024-yil 26-fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxulloyev va dekan  o'rinbosarlari 4-sonli Talabalar turar joyida qavat sardorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talabalar orasida TTJ moddiy texnik bazasini asrab - avaylash, umumiy foydalanish joylari va xonalarni doimiy ozoda va saranjom saqlash masalalarida ochiq suhbat òtkazildi.

Tozalik va tartib, xonalardagi navbatchilik, shuningdek, oshxona va oshxona anjomlarini tozalash masalalari va TTJ ichki-tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga rioya etish, talabalarning shaxsiy gigienaga amal qilishlari bo`yicha  tegishli ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berildi.

 Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati