TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2024

Vazirning vada qilgan sovg’asi o’z egasiga topshirildi

Kuni kecha universitetimizga tashrif buyurgan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Q.A.Sharipov talabalar holidan xabar olish jarayonida ba’zi talabalar bilan suhbatlashdi va ko’zi yonib turgan talabalarning takliflarini qo’llab - quvvatlab 2-TTJda yashovchi “Iqtisodiyot” fakulteti 2-bosqich talabasi Xatamov Mirfayzning orzusini amalga oshirdi. Unga barcha qulayliklarga ega bo’lgan kompyuterni sovg’a tariqasida yo’lladi. Uni Toshkent shahar boshqarma boshlig’i Bunyod Rajabov vazir va’da qilgan kompyuterni iqtidorli talabamizga yetkazdi.

Xatamov Mirfayz vazirga o’z minnatdorchiligini bildirish bilan birgalikda qolgan talabalar ham o’z takliflarini vazirga yetkazishlarini boshqarma bosh’lig’idan so’rashdi. Vazirlik va idora xodimlari Davlat siyosati yoshlarni har tomonlama qo’llab - quvvatlashga qodir ekanligi aytilib tadbirga yakun yasaldi.

Universitet matbuot xizmati