TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2024

Geometriyaning fanlararo nufuzi

“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri Qosimov Jahongir Avloqulovich, katta o‘qituvchi Urishev Adxamjon Ergashaliyevich, assistent Ismatov Baxtiyor Sa’dulla o‘g‘li va Egamberdiyev Alimardon Azamat o‘g‘li tomonidan 1-sonli TTJda universitetimiz talabalari uchun “Geometriya fanining o‘zaro boshqa fanlar bilan bog‘liqligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda qadimgi dunyoning mashhur 3 masalasi va geometriya fanining rivojlanishidagi Grek maktabining ahamiyati haqida qiziqarli suhbat olib borildi.

Shuningdek, talabalarning TTJda yashash sharoiti bilan tanishib kerakli tavsiyalar berildi.

Universitet matbuot xizmati