TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2024

Art-terapiya muvaffaqiyat kaliti

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti tyutorlari J.Sa'dullayev va O.Abdullaevalar hamkorlikda 2-Talabalar turar joyi ma'naviyat xonasida "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash"  fakulteti 1-kurs talaba yoshlari bilan sessiya mahalida yuzaga keladigan ziqlik, yaqin insonlar bilan munosabatlardagi qiyinchiliklarning, stressli holatlarning oldini olish; guruh ichidagi hamkorlik va o'zaro yordam orqali ijobiy psixologik muhit yaratish; guruhning faolligini oshirish; tashvish; qo'rquv; fobiyalar; depressiv holatlardan xalos bo‘lish; hissiy charchash; his-tuyg'ularni ifoda etishda qiyinchiliklar; yolg'izlik hissi; o'ziga past baho berishdagi to‘siqlarni bartaraf etib, pozitiv kayfiyat yaratish maqsadida "Аrt-terapiya orqali pozitiv kayfiyat yaratamiz!!!" shiori ostida tadbir o'tkazishdi.

Tadbir avvalida ART-terapiya nima, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?  Bu uslub qanday holatlarda va kimlarda qo‘llanadi? Kim tomonidan ilk bor ishlatilgan va qanday turlari mavjud ekani haqida so‘z yuritildi. So‘ngra ertak terapiya va vokaloterapiyalar orqali trening mashg‘ulotlar olib borildi. Barcha talabalar treningda faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida barcha talabalarda pozitiv kayfiyat hosil bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida tortinchoq, reaktsiya tezligi sust,   omma oldida so‘zlashdan qo‘rquv mavjud talabalar yaqqol ko‘zga tashlanib qolishgani bois, ular bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan holda tadbir yakuniga yetkazildi.

Universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti tyutorlari J.Sa'dullayev va O.Abdullaevalar axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati