TIQXMMI yangiliklari

img
24.02.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri Sharipov Qongratbay Avezimbetovich 2024-yil 24-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga talabalarga yaratilgan sharoit bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi

     Vazir Sharipov Q.A. dastlab universitetning Axborot resurs markazida talabalar ta’lim va ilm bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

    ARMda talabalarga elektron xizmat ko‘rsatilishi, o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlarni elektron platforma orqali rasmiylashtirilishi, ayniqsa noutbuk va planshetlar ham olish imkoniyatlari mavjudligiga alohida e’tibor qaratdi.

     Shuningdek, talabalar turar joyida yashash uchun yaratilgan qo‘lay sharoitlar, darsdan keyin ular shug‘ullanishi uchun erkin Wi-Fi zona va 24 dona Core I9 rusumli yuqori quvvatli kompyuterlar bilan ta’minlanganligi hamda imkoniyati cheklangan talabalar bilan ham uchrashib, ular bilan samimiy suhbat uyushtirildi. Suhbat natijasida vazir tomonidan bir nafar ehtiyojmand talabaga noutbuk hadya qilishga qaror qilindi.