TIQXMMI yangiliklari

img
24.02.2024

“Ilm - farovon hayot kaliti” mavzusida davra suhbati

 “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov, dekan muovini F.Bekchanov hamda fakultet tyutori I.Axmedovalar universitetning 2-talabalar turar joyiga tashrif buyurishib talabalar yashash xonalari holatlarini birma-bir  ko`zdan kechirdi yashash xonalarini va oshxonalarini doim toza-ozoda saqlashlari va talabalar turar joyida belgilangan tartib qoidalarga to‘laqonli amal qilishi lozimligi yana bir bor ta`kidlab o`tildi.

Talabalar va fakultet mas’ullari ma`naviyat xonasida yig`ilishib ta`lim olish jarayoni va talabalar yotoqxonalarida yuzaga kelayotgan muammolar jumladan, ayrim fanlarda yuzaga kelayotgan muammolar va tabdirlarda seminarlarda olimpiyadalarda faol ishtirok etishga undash masalalari yuzasidan suhbatlashildi, Masala va muammolar eshitildi va bu muammo va masalalar bo`yicha  tavsiyalar berib o`tildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Axmedova axboroti

  Universitet matbuot xizmati