TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2024

Talabalar bilan muloqot

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich talabalari bilan 1-zalda O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini S. Meliko‘ziyev uchrashuv tashkil qildi.

Uchrashuvda talabalarga o‘quv jarayoniga oid barcha ma’lumotlarni yetkazdi. Ma’lumot o‘rnida  oraliq  nazorat yakunlaniyotganini eslatib, yakuniy nazoratga jiddiy e`tibor qaratish,  3-semestr o‘quv jarayoni qanday tashkil qilinishi haqida hamda bir qancha kitobxonlik tanlovlari va fakultet tanlovlari haqida ma`lumot berib o`tdi. Talabalar  bir qator o’zlarini  qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ushbu suhbatdan keyin talabalar o`zlariga qiziq bo`lgan savollarga javob olib, kerakli ma’lumotlarga yanada  ko‘proq ega bo’ldilar.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutorlari D.Axrarova va A.Shonazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati