TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2024

Talabalar bilan suhbat

Joriy yilning 22 - fevral kuni 2-talabalar turar joyiga “TIQXMMI” MTU “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekanat jamoasi va Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB profilaktika katta inspektori mayor A. Ubaydullayevlar tashrif buyurib, talaba-qizlar bilan suhbat o‘tkazdilar.

Bunda Q.Shavazov talaba-qizlar bosh vaqtlaridan unumli foydalanishi hamda ularning sohalar, kasb-hunarlar boyicha qiziqishlari  bo‘yicha suhbatlashdilar. Talabalar tomonidan turli takliflar qabul qilindi.

 A.Ubaydullayev talabalar turar joyidagi belgilangan tartibga to‘liq rioya qilinishi, kechki paytlari o‘z vaqtida dam olishi va yonidagi talabalarga halaqit bermasliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.                                                                     

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutorlari va  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva alxboroti

Universitet matbuot xizmati