TIQXMMI yangiliklari

img
22.02.2024

Universitetimiz fidoyilari

Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 102-110- guruh talabalari bilan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida uzoq yillar davomida mehnat faoliyatini olib borishgan, umrini shu dargohga bag‘ishlagan insonlar hayoti bilan tanishishi maqsadida, rektorat binosida tashkil qilingan muzeyga sayohat uyushtirdik.

Men ularga suratlardagi insonlar haqida o‘z bilganlarimni gapirib berdim. Shulardan biri oldingi rektorimiz iqtisod fanlari doktori, marhum professor Umurzoqov O‘ktam Pardaevich edi, u o‘z umrini mamlakatimiz oliy talimi tizimi rivojiga baxsh etgan ulkan siymolardan biridir. Vatan bunday insonlarni hech qachon unutmaydi.

 “Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati