TIQXMMI yangiliklari

img
20.02.2024

Tozalik – inson ko‘rki

Joriy yilning 19 - fevral kuni “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  Milliy tadqiqot universitetining “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasidan N.Saidxonova va "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D.Axrarova  tomonidan “Gidromelioratsiya”  fakultetiga qarashli talabalar turar joyining qavat va xonalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda tozalik kunlarini olib borish uchun biriktirilgan  4- talabalar turar joyining umumiy holati bo‘yicha,  yotoqxona qavatlar kesimida xonalar, oshxonalar, kirxonalar, yo‘laklar, chiqindi tashlash  joylari ko‘zdan kechirilib sovutgich va elektroplitalar tozaligi ham tekshirildi. Talaba qizlarga – o‘z uyingni o‘zing asrab xavfsizlik qoidalariga rioya qilish mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi. Tozalik inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi ta'kidlab o‘tildi. Kompyuter xonalar tozaligi ham nazarimizdan chetda qolmadi. Pokizalik inson ko‘rki deb bejiz aytishmagan.

"Gidromelioratsiya" fakultet tyutori D.Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati