TIQXMMI yangiliklari

img
18.02.2024

Umr - oqar daryo

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida uch yil oldin tyutorlik faoliyatimni "Gidromelioratsiya" fakultetida boshlaganimda 209 – 210 - guruh talabalariga rahbarlik qilganman.  Umr oqar daryo deb bejiz aytishmagan, mana hozirda ular 409 – 410 – guruhlardagi talaba – yoshlarimiz universitetni bitirish arafasida turishibdi. Bugungi qishning oppoq va sovuq bo‘lsada, o‘ziga xos go‘zal kunida ular bilan uchrashdik.

Har bir talaba biz tyutorlar uchun o‘z singlimizdek, ukamizdek, o‘g‘il- qizimizdek aziz va qadrli bo‘lib qolishadi.  Biz ularga universitetni a’lo va yaxshi baholarga bitirib, kelajakda Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk mutaxassis kadrlar bo‘lishlariga tilakdoshmiz. Sizlarga baxtu - saodat, omad va zafarlar doim yor bo‘lishini tilab qolamiz. Talabalik davrim mening, davronlarning zo‘risan !!!

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati