TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

“Zukko qizlar” musobaqasi

“Professional ta’lim” kafedrasi professor – o‘qituvchilari tomonidan 3 - qavat talaba qizlari o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Talaba qizlarimiz bilan fakultetimiz dekani A.Fatxulloev tartib-intizom, tozalikga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish haqida gapirdi. Shu bilan bir qatorda qizlarimizning psixologik holatlari va emotsional tartibsizlikning oldini olish borasida kafedra mudiri D.Muqumova suhbat olib bordi va tushunchalar berdi. 

Qizlarning  turli xil savollariga kafedra psixologiya o‘qituvchisi U.Jumamurodova javob tariqasida “psixologik trening” tashkil qildi, amaliy harakatlar asosida qizlarimiz savollarga o‘zlari javob topdilar. Ya’ni, bunday tadbirlarni  o‘tkazish talaba qizlarning shaxsiy o‘sishiga muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixologik o‘yinlar qizlarimizni Vatanga bo‘lgan sadoqati va oila oldidagi mas’uliyatni oshirishga uni anglab yetishga turtki bo‘ldi. Samimiy munosabat va qizlarimizga bo‘lgan ishonchimiz ularga yanada shijoat, qat’iyatlik bag‘ishlaydi. Musobaqa so‘ngida qizlarimiz milliyligimiz belgisini anglatuvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Professional ta’lim” kafedrasi assistenti U.Jumamurodova axboroti

Universitet matbuot xizmati