TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

Yurt sog‘inchi

2024 yil 15 fevral kuni "TIQXMMI" MTU  “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin - qizlar kengashi tashabbusi bilan 1- Talabalar turar joyida “Mirzo Boburning yurt sog‘inchi” mavzusida ulug‘ sarkarda, mutafakkir olim, dilbar shaxs, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot va ijod yo‘li, asarlaridagi vatan sog‘inchi haqida davra suxbati tashkil etildi.

Davra suxbatida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili,  tarixchi, geograf, davlat arbobi, temuriy shoh, iste’dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida o‘zlarining fikrlarini bildirib, uning saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ulkan qobiliyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tildi. Tadbirda talaba qizlarimiz tomonidan Bobur qalamiga mansub g‘azallar hamda ruboiylar o‘qildi. Tadbir barcha qatnashuvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti.

Universitet matbuot xizmati