TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

Mahalla bilan hamkorlik

Inson avvalo, oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs bo‘lib shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal topadi. Shuni nazarda tutgan holda, Vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga etkazishdek ulug‘ vazifani oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 16 fevral sanasida “TIQXMMI”- Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O.Ro‘zibaev hamda fakultet tyutorlari jamoasi birgalikda “Lashkarbegi” mahalla fuqarolari yig‘iniga tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida “Lashkarbegi” MFY raisi N.Karimova, Yoshlar etakchisi CH.Boltaeva, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchi D.Dadajonova, xokim o‘rinbosari O. Ibrohimovlar birgalikda kelgusidagi qilinadigan ishlar rejasi haqida fikr almashishdi.

“Gidromelioratsiya”fakulteti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari  O. Ro‘zibaev hamda tyutori G.Z.Axmedjanovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati