TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

Xayollar dengizi misli hazina! Ijod et, Chekinma! Ixtiro izla..!

Mamlakatimizda kitobxonlik, san'at va madaniyatni rivojlantirish uchun bir qator islohatlar amalaga oshirilmoqda! Chunki adabiyotga va san'atga ixlos qo'ygan davlatning kelajagi buyuk, avlodlari komil bo'ladi. "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti Students' Union tashkiloti barcha she'riyat va san'at ixlosmandlari uchun "Xayollar dengiziz misli xazina! Ijod et, chekinma! Ixtiro izla!" shiori ostidagi adabiy kechasini tashkil qildi!

Tadbirning asosiy tashkilotchilari adabiyotga o'zgacha mehr qo'ygan "Ekologiya va Huquq" fakulteti dekani Habibullo Pirmatov, Universitetimiz "ARM" direktori Maqsud Yaxyayev, "SU" rahbarlari E'zoz Ozodov, Behzod Fayzullaxo'jayev, Farzona Safarovalarning o'zlari ham ushbu kechada o'zining sa'nati bilan yorqin chiqishlar qilishdi.

B.Fayzullaxo'jayev kechaga boshlovchilik qildi . Kichik she'rlar bilan boshlangan bu davrada , bir biriga ulandi va qo'shiqlar ham , rivoyat-u dostonlar ham aytildi. Bayram yuqori kayfiyatda o'tdi. Ayniqsa "Ekologiya va Huquq"  fakulteti talabasi Sarvarjon Haydarovning qo'shiqlari unga o'zgacha ruh bag'ishladi.

Davra qizigandan qizib hech kim to'xtatishni istamagan bu tadbir 2 soat ichida o'z nihoyasiga yetdi. Faol qatnashganlar "ARM" direktori M.Yaxyayev tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar keyingi safar yana shunday kechani takrorlanishini intiqib kutishlarini aytishdi va bu tadbirdan ma'mnun ekanliglarini yashirib o'tirishmadi!