TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2024

Boburshohni xotirlab

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi  Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil – 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoirtarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkardaboburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. U Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi.

Uning sheʼrlari, ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakulteti tyutori J.Sa’dullayev hamda iqtidorli faol 1-kurs talabalari bilan 14 – fevral kuni tashrif buyurishdi.

Tashrif chogʻida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shuhrat medali sohibasi Farogʻat Xudoyqulovalar bilan Zahriddin Muhammad Boburni yodgorlik haykali ostida tashkil qilingan ma’naviy - ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.

 

QXM fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti

Universiteti matbuot xizmati