TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2024

Zahiriddin Muhammad Boburni eslab

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti, “O’qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasining assistent o’qituvchisi N.D. Karimova boshchiligida bir guruh talabalar Z.M.Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. Unda faol talabalar Bobur hayoti va ijodi haqida qizg’in davra suhbatini olib bordilar, uning shonli tarixi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shundan so'ng iste’dodli talabalar shoh va shoir ijodidan g'azallar, ruboiylar aytdilar.

:“Ekologiya va huquq” fakulteti “O’qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasining assistent o’qituvchisi Nodira Karimova axboroti

  Universitet matbuot xizmati