TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2024

Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

2024-yil 12-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva, fakultet yoshlar yetakchisi X.Uraimova, 2-Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida “Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz’’ mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Talaba-qizlarimizni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli, foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Qizlarjon klubi” a’zosi Ozodaxon Maxamatboqiyeva munchoq bilan to‘qish san’atini  talaba-qizlarga o‘rgatib kelmoqda. Xalqimiz iborasi bilan aytganda “Hunar- hunardan unar” maqolasiga qanchalik amal qilsak kelgusida  qizlarimizni oilaviy hayotga moslashishlari, samimiy uy bekasi bo‘lib yetishishlari uchun o‘zlarida ishonch tuyg‘usini shakllanishiga dalolatdir. Qizlarimiz o‘zlari to‘qigan sumka va aksessuarlar namoyish etildi.

 E.G‘aniboyeva O.Maxamatboqiyevani mahorat darslarini fakultet talaba-qizlar miqyosida tashkil etilishi bo‘yicha fikr bildirdi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva

 Axboroti

 

Universitet matbuot xizmati