TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2024

“Har haftada bir kitob” loyihasi bo‘yicha debat

“Energetika” fakultetida  Botir Abdullayev tomonidan joriy yilning 10-fevral kuni V-bino 5-ma’ruzalar zalida “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishi 106 va 107 - guruhlar o‘rtasida “Har hafta bir kitob” loyihasida Qog‘oz va elektron kitoblar afzalliklari va kamchiliklari haqida debat uyushtirildi. Debat jarayoni juda qiziqarli faktlarga, inson sog‘ligiga qay darajada ta’siri va moliyaviy tarafdan qanday ustunliklarga ega ekanliklarini talabalar turli xil misollar bilan isbotlab berishdi. Har ikki taraf ham qog‘oz va elekton kitoblar bo‘yicha juda ko‘plab ma’lumotlar berib, o‘zlarining fikrlarini bildirishdi. O‘zlari mazza qilib o‘qigan kitob haqida o‘n daqiqa davomida gapirib berishdi. Loyiha savol - javoblar bilan yakunlandi.

Energetika fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati