TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Barchasi talabalar uchun

2024 yil 9 fevral kuni masalala “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova TTJ direktori N.Turakulova, “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti X.Botirovalar  "Talabalik - oltin davrim" mavzusida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan   davra suhbati o‘tkazdilar.

Davra suhbati davomida talabalarga ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan keng va unumli foydalanish lozimligini uqtirib o‘tildi. TTJdagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida ham so‘z bordi.

Shu bilan birga yong‘in xavfsizligiga rioya etish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish haqida ham fikr yuritildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslaxatchisi B.Mamadaminova axboroti

Universitet matbuot xizmati