TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

She’riyatga tashna qalblar   

Joriy yilning 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi Respublika miqyosida keng nishonlanib kelmoqda. Shu munosabat bilan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110-guruh talabalari bilan "Adiblar xiyoboni"ga tashrif uyushtirdik. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Adiblar xiyoboni" adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir, shu sababli bu yerga talaba-yoshlar bilan axborot soatlarini shu maskanda toza havoda ochiq dars sifatida tashkil qilib turamiz. O‘zbek adabiyotining eng yirik namoyandasi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludini nishonlash maqsadida qilingan tashrif ham juda chiroyli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Navoiy ijodi asrlar osha bashariyatga ezgulik va kamolotdan saboq berib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, Navoiyga oid barcha ezgu sa’y-harakatlar zamirida yosh avlodga Navoiyning chinakam daho ekanini anglatishdek ezgu maqsad mujassam. Zero, Navoiyni anglash millatni anglash demakdir.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati