![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-02-09_14-24-55.jpg)
Ilm-jamiyat ko‘zgusi: ustoz-shogird jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi “ O‘zbekiston iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi 226-sonli qarori hamda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 18-2018 sonli qo‘shma qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 avgustdagi 781-sonli “Oliy ta’lim muassassa talabalari orasida ilm-fan seleksiyasini kuchaytirish ga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar to‘g‘risidagi maqsadli buyrug‘i, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi “Yoshlarni ilm fan sohasiga jalb etish va tashabbuskorligini qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlarini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ-4433 -sonli Qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha OTM da ustoz-shogird tizmi tashkil etilgan.
Ustoz-shogird tizimini tashkil etishdan maqsad, har bir talabani amaliy jihatdan kasbiy jarayonlarni mukammal o‘zlashtirib, o‘zi bajara oladigan darajadagi mahoratga ega bo‘lishi, shu bilan birga ijodiy fikrlay olishi, odob-ahloq li va ma’naviy yetuk, ziyoli bulishini ta’minlashdan iborat. Bunda shogirdlarga ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha kasb madaniyatini, kasb mahoratini, kasb etikasini shakllantirishdan iboratdir.
Shu maqsadda professor Z.Ismailovaga biriktirilgan Professional ta’lim yo‘nalishining 313 guruh talabalari bilan 9-fevral kuni ARMda ilmiy yo‘nalishlarga xos bo‘lgan ma’lumotlar bazasiga kirgan holda bir qancha ilmiy ishlarning mazmun mohiyati bilan tanishtirib, ilmiy maqola,tezislar tayyorlashga xos bilimlar berildi. Bu borada aynan eng asosiy xujjat kitobdan ilmiy maqolalar tayyorlashda qanday foydalanish sirlari bo‘yicha fikrlar o‘rtaga tashlandi.
Bo‘lajak profqessional ta’lim o‘qituvchilari uchun bunday yo‘nalishlar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nkma shakllanishi va ulardan dars jarayonida foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.