![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/img_20240209_100801_743.jpg)
09.02.2024
Ustoz -shogird uchrashuvi
2024-yil 8-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasi t.f.d., dotsent Boqiyev A “Ustoz-shogird ” tizimi bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda hozirgi davrda hayotimizni ilmsiz va yangi zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyinligi mavzusida ajoyib davra suhbati olib borildi. Uchrashuvda talabalarga yangi innovatsion ishlanmalar va g‘oyalar qanday shakllantiriladi va uning bosqichlari qay tartibda bo‘lishi haqida tushunchalar berildi.