TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Alisher Navoiy zakosiga ehtirom

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakultetida 1-bosqich talabalar tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 583-yilliga bag`ishlab tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda fakultet talabalari Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida o`z bilganlarini so`zlab berishdi va Navoiy va Guli monologini ijro etishdi. Shundan so’ng talabalar o’zlarining Navoiy g’azallaridan yodlaganlarini yig’ilganlarga she’riy tarzda namoyish etishdi.

A.Navoiy obrazida fakultetning “Yurisprudensiya” yo’nalishi talabasi Sarvarbek Hayitov ijro etgan bo’lsa, Guli ro’lini “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yo’nalishi talabasi Normamatova Xonzoda ijro etdi. Ayniqsa talabalarning she’rni ifodali va shu davrga mos tarzda o’qib berishlari ko’pchilikda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlarni ko’proq o’tkazib turish talabalar ijodiy tafakkuriniyanada boyitadi. Ularning adabiyotga va ma’naviyatga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Axmedova, X.Ro`zmetovlar axboroti

  Universitet matbuot xizmati