TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

"Axborot texnologiyalari" kafedrasi professor-o’qituvchilarning  navbatdagi sifat dars tahlili

Bugun ”TIQXMMI" MTUning "Axborot texnologiyalar" kafedrasida navbatdagi sifat darsi tashkil etildi. Sifat darsini "Axborot texnologiyalari" kafedrasining stajyor-o‘qituvchisi Ungalov S. o’tkazdi. Dars mavzusi:  "AT fanlarida amaliyot darslarini tashkil etishda yangi dasturlash tillarini qo‘llash".
Darsda yangi dasturlash tillarining turlari va hozirgi kundagi ahamiyati to’liq yoritib berildi. Dars savol- javob shaklida qizg‘in bahs-munozaralar asosida yanayam qiziqarli tashkil etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan dars berishdagi ustunlik va ayrim juz’iy kamchiliklar ko‘rsatildi. Sifat darsi so‘ngida kafedra mudiri Mirzaev S. tomonidan tavsiya va takliflarni inobatga olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.