TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Soha mutaxassislari bilan “Uch avlod uchrashuvi”

1 bosqich talabalarini o‘qishga bo‘lgan  qiziqishini yanada oshirish, ularni turli xil tanlovlarda qatnashishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar, hamda   ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berish maqsadida,  Joriy yilning 6 fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari bilan o‘z sohasining etuk mutaxassislari bilan   uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri dots.v.b. I.M. Ro‘ziyev, hamda kafedra professori F. A. Gapparovlar o‘zlarining chiroyli ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Hozirgi kunda ustoz-shogird tizimi bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda,  ular o‘zlarining hozirgi kungacha erishgan yutuqlari haqida batafsil so‘zlab berdilar. Talabalarga hozirgi kundagi berilayotgan imkoniyatlardan keng va to‘laqonli foydalanish zarurligi, 4 yil davomida  o‘qib, o‘z kasbining mohir mutaxassisi bo‘lishdek sharafli nomga sazovar bo‘lish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.

Talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli ma’lumotlarni olishdi. Tashkil qilingan uchrashuv talabalarni o‘qishga bo‘lgan  intilishlarini yanada oshirdi va  ma’suliyatli bo‘lishlikka etakladi.  

      “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

                                                                                             Universitet matbuot xizmati