TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2024

Xalqaro bo’lim bilan hamkorlik

Xalqaro bolim bilan hamkorlik bugungi kunda xalqaro standartlarga mos oʼquv jarayonining soʼnggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu sababli “Yer resurslari va kadastr” fakultetida 2  kurs talaba-yoshlarinining takliflaridan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida "Xalqaro bolim bilan hamkorlikda" tadbir o`tkazildi.

Unda Xalqaro hamkorlik bo`limi bosh mutaxasisisi Z.Umirzakov, hamda Xalqaro hamkorlik bo’’limi uslubchisi K.Abdulxaylar o`z maruzalari bilan ishtirok etdi. Ular talaba-yoshlarga bugungi kunda universitet  26 ta davlatning (Rossiya, AQSH, Sloveniya, Slovakiya, Xorvatiya, Chexiya, Germaniya, Vengriya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Niderlandiya, Shvetsiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Yaponiya, Ukraina, Qozog’iston, Аfg`oniston, Qirg’iziston, Tojikiston) 50 dan ortiq universitetlari, 20 ga yaqin ilmiy-tadqiqot markazlari, tashkilot va kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo’lib, shulardan 47 tasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlari imzolangan.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, jamoat tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Koreya Respublikasining KOICA, Slovakiya, Chexiya, Shvetsariya, Germaniya, Vengriya va AQSHning O’zbekistondagi elchixonalari, Yaponiyaning JICE, JICA, Germaniyaning GOETHE instituti, GIZ va GTZ tashkilotlari, Buyuk Britaniyaning British Council, Isroilning MASHAW va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, YUNESKO, BMTning Rivojlantirish dasturi (UNDP), Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI), Folksvagen fondi (Volkswagen), Qurg’oqchil mintaqalar bo’yicha qishloq xo’jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik hamkorlik (CAREC) kabi xalqaro tashkilot va institutlar bilan mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalari o’rnatilganligi bo`yicha talaba-yoshlarga to`liq ma`lumotlar berib o`tish bilan birga talabalarni qiziqtirgan savollariga ham batafsil javob berishdi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet  matbuot xizmati