TIQXMMI yangiliklari

img
05.02.2024

Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlarimiz!

2024-yil 3-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi yosh stajer-o‘qituvchisi Inog‘omov Himolaxon Sunnatilla qizi TTTEM mutaxassisligi 309 - guruh talabalari bilan “Kitob – ma’rifat chirog‘i” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Davra suhbatida talabalarga universitetimizda ta’lim olish uchun kutubxonalarimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlandi. Bundan tashqari kutubxonalarimizda o‘quv adabiyotlaridan tashqari badiiy adabiyotlar ham mavjudligi ta’kidlab o‘tildi. Talabalarga o‘qish uchun eng qiziqarli va ma’naviy mazmun mohiyatga ega bo‘lgan badiiy asarlar va she’riy kitoblar o‘qish uchun tavsiya etildi. Davra suhbatida talabalar orasida baxri-bayt bellashuvi o‘tkazildi hamda, g‘olib talaba badiiy kitob bilan taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati