TIQXMMI yangiliklari

img
30.01.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

2024-yil 25 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi dotsenti  Toshpo‘latov Nusratillo Telmonovich o‘zining  “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda talabalarga “Elektr tizimlarini loyihalash” fanidan kurs loyihasini bajarish bo‘yicha maslahatlar berildi. Talabalarning fanni o‘zlashtirish, kurs loyihasini bajarish va topshirish, oraliq nazoratni topshirish va yakuniy nazoratga tayyorgarlik bo‘yicha bergan barcha savollariga atroflicha javob berildi. Institutda joriy etilgan tartib-intizom, kredit modul tizimi, talabalarning fanlardan qazdorligi  va uni o‘zlashtirish bo‘yicha maslahatlar berildi.

“Elektr taʻminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi  Sh.Jumanazarov  axboroti

Universitet matbuot xizmati