TIQXMMI yangiliklari

img
30.01.2024

Somsapazlik ham san'at

Joriy yilning 27-yanvar kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D Axrarova 4-talabalar turar joyida yashaydigan talaba-qizlar bilan “Mazali somsa” pazandalik tanlovi tashkil etdi. Ushbu tanlovda talabalar turar joyida yashaydigan talaba-qizlar ishtirok etdilar.

 

Shu jumladan, O‘zbekistonning har bir hududida somsa tayyorlashning o‘ziga xos usullari mavjud shu bilan birga talaba-qizlarimiz o‘zlari yashaydigan joylaridagi somsalar tayyorlab bellashdilar. Bu tashkil etilgan tanlovda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismailova va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarovlar ishtirok etishdi. Tanlov yakunida qizlar tomonidan tayyorlangan somsalar quyidagicha baholandi.

1-o‘rin 2-kurs talabalasi Sobirova Durdona

2-o‘rin 3-kurs talabalasi Iskandarova Sevinch

3-o‘rin 1-kurs talabalasi Raxmatova Dilnavoz

Tanlov so‘ngida “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D Axrarova tanlovda ishtirok etgan barcha talaba-qizlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Universitet matbuot xizmati