TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2024

Qizlar odobi

2024 yil 23 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 2-Talabalar turar joyida  QXM fakultetining Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva tashabbusi bilan talaba qizlari o‘rtasida “Qizlar odobi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.       

Davra suhbatida E.G‘aniboyeva, tyutor O.Abdullayevalar so‘zga chiqib,  TTJ ning  ichki tartib qoidalari, talaba qizlarimizning  kiyinish madaniyati, axloq-odobi,  pokizalik, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha o‘z-fikr mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, suhbat davomida talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda ularni qiziqtirayotgan mavzular ham yoritib o‘tildi. Talaba-qizlarimizni darsdan  bo‘sh vaqtlarida  yotoqxonada tashkil qilingan “Mohir qo‘llar”  to‘garagida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ham kelishib olindi. Davra suhbati qiziqarli, fayzli o‘tdi.  

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati