TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

Mening sevimli kitobim!

Respublikamizning barcha hududlarida  yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko’zlagan holda, bosqichma - bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda. Bu borada Shavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli asosda yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi O’zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo’yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.

To’rtinchi tashabbus  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.  Ya’ni  yoshlar orasida kitob o’qishga bo’lgan ehtiyojni qondirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo’yicha  “Yer resurslari va kadastr fakulteti talaba-qizlar o’rtasida  “Mening sevimli kitobim” tanlovi o’tkazildi. 2024 yil 26-yanvarda  ushbu tanlovning yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovga  hakamlar ha’yati   sifatida  O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasidan tashrif buyurgan:  Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining laureati - Hulkar Sherzodova hamda  shoir  O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  a’zosi Erkin Hojimuhammad  ishtirok  etdilar. Tanlov fakultetning faol iqtidorli, bilimga chanqoq, zukko talaba-qizlari o’rtasida juda qiziqarli muhokamaga boy tarzda bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda eng ko’p kitob mutolaa qilgan talaba-qizlarimiz o’qigan kitoblarini  mazmun mohiyatini barcha yig’ilganlarga gapirib berishdi. Tanlovda g’olib bo’lgan talaba-qizlarga fakultet dekanining faxriy yorliqlari topshrildi.  Ushbu tanlovni tashkil etgan fakultetning xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova tadbir mehmonlariga minnatdorchilik bildirdi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati