TIQXMMI yangiliklari

img
25.01.2024

Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi

Inson tafakkuri rivojida kitob eng zaruriy vositadir. Insoniyat muomala vositasitalari ichida eng ishonchlisi va  qulayi ham kitobdir. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi. Shuning uchun kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor bugungi kunga kelib har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib yaxshilikka hamda ezgulikka undaydi.         

Bugun 24 yanvar kuni TIQXMMI – MTU 2-Talabalar turar joyida  “Ekologiya va huquq” fakulteti xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida fakultet talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida fakultetning “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Xakimova, tarbiyachi pedagog T.Xudayberdiyeva va I.Axmedovalar ishtirok etdilar. Tadbirda talabalar tomonidan o‘zlari o‘qigan kitoblari haqidagi fikrlari, yod olgan she'rlari, qizigarli ma’lumotlari keltirib o‘tildi. Ayniqsa, Muhammag Yusufning “Iqror” she’rini o‘qilishi hammada yaxshi taassurot qoldirdi:   

O, ota makonim.
Onajon o‘lkam,
O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangta.

Ushbu tadbirlar talabalarda Vatanga muhabbat, ahdga sadoqat, insoniy tuyg‘ularni yuksalishiga xizmat qiladi. 

Universitet matbuot xizmati