![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-01-22_20-56-18.jpg11.jpg)
Kitobga mehrdan boshlanar bari
Hammamizga ma’lumki, kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasidir. Kitob - barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi bo‘lgan.
Inson tafakkurining rivojlanishida kitob doimo hamroh bo‘lgan. Shuning uchun kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e'tibor bugunga kelib har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda.
Shu e’tiborni kuchaytirish maqsadida, "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti talaba qizlari o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Suhbat, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova rahbarligida olib borilib, fakul’tet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova, Dilbar Axrarova va Talabalar turar joyi tarbiyachisi ishtirok etishdi.
Fakultetning iqtidorli kitobsevar talaba qizlari o‘zlarining o‘qigan va eng sevimli kitob qahramonlari haqida so‘zlab berishdi. Kitobning naqadar hayotimizdagi ahamiyatli ekanligiga amin bo’lib, suhbat qiziqarli savollar va fikrlar orqali fayzli o‘tkazildi.
"Gidromelioratsiya" fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati