TIQXMMI yangiliklari

img
24.01.2024

Koreya Respublikasining K-WATER kompaniyasi bilan hamkorlik mukofotlandi

So‘ngi yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Koreya Respublikasining K-WATER kompaniyasi o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik amalga oshirilmoqda.  Hamkorlik doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalarning stajirovkasini tashkil etish va turli xalqaro tadbirlarni hamkorlik amalga oshirish bo‘icha salmoqli natijalarga erishildi.

Ushbu jarayonda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari qatorida talabalar faolligi ham alohida e’tirofga munosib.  Joriy yil 22 yanvar kuni Crowne Plaza mehmonxonasida K-WATER kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisi tomonidan “Appreciation awards ceremony” tadbiri tashkil etilib, unda kompaniyaning O‘zbekistondagi hamkorlari bilan so‘ngi yillarda erishgan natijalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida yangi loyihalar va yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha qator tadbirlar rejalashtirildi. Tadbir so‘ngida Koreya respublikasidagi K-WATER kompaniyasining direktori Yun, Seok Dae ning K-WATER kompaniyasi bilan hamkorlik borasida faolligi uchun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzaev Baxodir Suyunovich kompaniyaning maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.