TIQXMMI yangiliklari

img
23.01.2024

Kitoblar-yaxshilikka yetaklar

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboeva., tyutor  O.Abdullaeva, QXM fakulteti 2-kurs talabalari  ishtirokida,  2024 yil 19 yanvar kuni 7-zalda  “KITOBLAR-YAXSHILIKKA YETAKLAR” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

E.G‘aniboeva so‘zga chiqib, kitob insonni ma’naviy-siyosiy ongini shakllanishida katta xizmat qiladi, qolaversa insonni fikrlashini, xotirasini mustaxkamlaydi deya o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. So‘ngra universitetimizda ijodkor-yoshlar qalamlariga mansub “Ilxom buloqlari” kitobi chop etilgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Fakultetimiz ijodkor yoshlari Shoxidaxon Sattorova, Diyora Xolboeva, Xonzodabegim Uraimova, Diyora Salomovalar o‘z ijodidan she’rlar o‘qib berdilar. Davra suhbati qiziqarli-mazmunga boy o‘tdi. 

QXM fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati