TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2024

"Yosh - Rassomlar" mavzusida

Joriy yilning 20 yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti "B" oʻquv binosining 507- xonasida «Energetika» fakultetining tyutorlari B.Abdullaev va D.Hudaynazarova boshchiligida talaba yoshlari o'rtasida "Yosh - Rassomlar" mavzusida  bellashuv bo'lib o'tdi.

Suratlar hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqildi va baholandi.Talabalar faol qatnashib,oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishdi. Bellashuv natijalariga ko'ra talabalar sovrinli natijalarga ega boʻlishdi va tadbir so'ngida g'oliblar sovrinlar bilan taqdirlandi.

"Energetika" tyutori D.Hudaynazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati