TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

2024-yil 20 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi dotsenti  Xushiyev Sirojiddin Meyliyevich o‘zining “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda magistraturada oʻqishning afzalliklari haqida hamda zamonaviy raqamli podstansiyalarda foydalaniladigan rele qurilmalari to‘g‘risida suhbatlashdilar. Talabalarga o‘quv va ilmiy yo‘nalishda maslahatlar berildi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi  Sh.Jumanazarov  axboroti

Universitet matbuot xizmati