TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2024

Qadriyatlari qadr topgan yurtim

Har bir xalqning milliy qadriyatlarini uning tarixi, maʼnaviyati, madaniyati, o‘ziga xos urf-odatlari, anʼanalarisiz tasavvur qilish qiyin. “Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat neʼmatlari, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim”. Joriy yilning 18 yanvar kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Rano Kodirova, Sirtqi ta'lim S23-16 guruh talabalari bilan "QADRIYATLARI QADR TOPGAN YURTIM" mavzusida noan'anaviy dars o'tkazdilar.

Tadbirda Rano Kodirova “O‘zbekistonda milliy qadriyatlarga eʼtiborning yuksak darajada ekanligi,  avlod-ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, ayniqsa, Prezidentimizning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda barchamizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlayotganligi e’tirof etdi. Shundan so'ng talabalarimiz Vatan haqida she'rlar o'qidilar, milliy musiqalarga raqslarga tushdilar, milliy urf -odatlarimizdan sahna korinishlari ijro etdilar. Tadbir sermazmun tarzda o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati